Maxfiylik siyosati
Safarly.uz sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni qanday yig'adi, ishlatadi va saqlaydi. Bu siyosat O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida"gi qonuni (ZRU-547) talablariga muvofiq tuzilgan.
Qisqacha
Sizning ma'lumotlaringizni faqat xizmatni ishlatish, to'lov va aloqa uchun ishlatamiz. To'liq karta raqami va parolni saqlamaymiz. Reklama maqsadlarida uchinchi tomonlarga sotmaymiz. Istalgan vaqtda hisobingizni o'chirishni so'rashingiz mumkin.
1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
Platformada faollikingizga qarab quyidagi ma'lumotlar yig'iladi:
- Hisob: ism, familiya, telefon raqam, email, afzal til, profil rasmi.
- Google orqali kirish: Google profilingizdan ism va email manzilingiz olinadi.
- Bron ma'lumotlari: tanlangan dachalar, sanalar, mehmonlar ro'yxati va telefonlari, to'lov tarixi.
- To'lov: tranzaksiya raqami, summa, sana. To'liq karta raqami va PIN saqlanmaydi — to'lovlarni Click protsessing tizimi qayta ishlaydi.
- Mulk egasi: e'lon ma'lumotlari, mulk rasmlari, joylashuv koordinatalari.
- Hamkor: PINFL/o'zini-o'zi band qilgan guvohnomasi raqami yoki fayli, to'lov uchun karta raqami, ijtimoiy tarmoq havolalari.
- Telegram: Telegram chat ID (faqat ixtiyoriy ulanganda — bron va payout xabarnomalari uchun).
- Texnik: IP manzil, brauzer/qurilma turi, foydalanish jurnali, analitika hodisalari.
2. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi
- Bronlarni qayta ishlash, to'lov va payoutlarni amalga oshirish.
- Mehmon va mulk egasi o'rtasida aloqa o'rnatish (telefon, Telegram).
- Firibgarlik va suiiste'molga qarshi himoya, hisob xavfsizligi.
- O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq soliq va moliya hisoboti.
- Mahsulotni yaxshilash uchun anonim analitika.
- Sizning roziligingiz bilan — yangiliklar va maxsus takliflar.
3. Uchinchi tomon hamkorlari (data processors)
Quyidagi xizmatlar Safarlyning operatsion infratuzilmasi qismi sifatida ishlaydi va faqat o'z funksiyalari uchun zarur ma'lumotlarni qayta ishlaydi:
- Supabase — ma'lumotlar bazasi va autentifikatsiya hostingi.
- Click — to'lov tranzaksiyalari (Uzcard, Humo).
- Telegram Bot API — bron va payout xabarnomalari.
- Google OAuth — Google orqali kirish (faqat foydalanuvchi tanlasa).
- PostHog — anonim mahsulot analitikasi.
- Xarita xizmatlari — dacha joylashuvini ko'rsatish.
Ma'lumotlaringiz reklama maqsadlarida sotilmaydi. Faqat qonun tomonidan talab qilingan hollarda manfaatdor organlarga taqdim etilishi mumkin.
4. Cookie va sessiya fayllari
- Autentifikatsiya tokenlari — login holatini saqlash uchun (Supabase sb-* cookielar).
- partner_ref — hamkor referal havolasini tracking qilish (30 kun).
- Til afzalligi — tanlangan tilni eslab qolish.
- Analitika — anonim foydalanish statistikasi (PostHog).
Brauzer sozlamalaridan cookie'larni o'chirish mumkin, lekin bu hisobga kirishni qiyinlashtiradi.
5. Ma'lumotlarni saqlash muddati
- Faol hisob: hisob mavjud bo'lganda barcha ma'lumotlar saqlanadi.
- O'chirilgan hisob: shaxsiy ma'lumotlar 30 kun ichida anonimlashtiriladi.
- Moliyaviy va soliq hujjatlari: O'zR Soliq kodeksi talabiga ko'ra 5 yil saqlanadi (bron, to'lov, payout yozuvlari).
- Analitika hodisalari: 12 oy.
- Server jurnallari: 90 kun.
6. Sizning huquqlaringiz
- O'z ma'lumotlaringizni profil sahifasi orqali ko'rish va tahrirlash.
- O'chirishni so'rash (support orqali). Moliyaviy hujjatlar yuqoridagi muddat bo'yicha saqlanishda davom etadi.
- O'z ma'lumotlaringizning nusxasini olish (eksport, support orqali so'rov bilan).
- Marketing xabarnomalaridan voz kechish.
- Ma'lumotlaringiz qanday ishlatilayotganini bilish.
Aloqa
Maxfiylik bo'yicha har qanday savol yoki so'rov uchun: